Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Benzema bu mavsum "Osasuna" darvozasiga uch bor penalti tepdi, lekin...

A A A
Benzema bu mavsum "Osasuna" darvozasiga uch bor penalti tepdi, lekin...

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yinda (1:1) penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida himoyachi David Garsiya jarima maydonchasi ichida qoida buzdi va buning uchun penaltidan belgilandi. 34 yoshli fransiyalik futbolchi nuqtaga yaqinlashdi, biroq darvoza to‘siniga zarba berdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Benzema "Osasuna" darvozasiga uch marta penalti tepgan, bu boshqa raqibga qaraganda ko‘proq. Ilgari u 20 aprel kuni ushbu jamoaga qarshi o‘yinda ikki marta gol ura olmagandi, ammo o‘shanda "Real" g‘alaba qozongandi - 3:1.

"Real Madrid" joriy mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

Kiritildi: 13:56 03.10.2022. O'qildi: 2578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!