Belgiya mudofaa vaziri Teo Frankenning ma’lum qilishicha, Klayne-Brogel aviabazasi yaqinida bir nechta dronlar kuzatilgan.
"Katta dronlar harbiy ob’ekt ustidan yuqori balandlikda uchib o‘tgan, bu odatiy parvoz emas. Ularning maqsadi Klayne-Brogel bazasi bo‘lganiga ishonchim komil", — dedi Franken.
Shuningdek, u bazadagi dronlarga qarshi tizim samara bermaganini qayd etdi.
"Dronlarni polisiya vertolyotlari guruhi ta’qib qilgan, biroq bir necha kilometrdan so‘ng ular bilan aloqa uzilgan", — deya qo‘shimcha qildi Belgiya Mudofaa vazirligi rahbari.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Klayne-Brogel bazasidan NATO kuchlari foydalanadi va u yerda Qo‘shma Shtatlarning yadroviy qurollari saqlanadi.