Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Dendermond shahrida qurilish ishchilari bino yerto‘lasidagi devor orasiga yashirilgan, qiymati qariyb 9 mln yevroga baholanayotgan oltin tangalar va quymalarni topdi.
Belgiya prokuraturasi xazinaning bu joyga qanday kelib qolganini aniqlash uchun tergov olib bormoqda. Bino egasi vakilininng ta’kidlashicha, oltinning yashirilishi qandaydir firibgarlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
Ayni paytda topilmaning qonuniy egasi kim ekani va ishchilarga mukofot beriladimi yoki yo‘qmi noma’lum. Bu masalalar tergov yakunlari va qonuniy tartiblar asosida hal qilinadi.