Xalqaro sud ma’lumotiga ko‘ra, Belgiya Janubiy Afrika tomonidan Isroilga qarshi 1948 yilgi Genosidni oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyani buzganlik ayblovi bilan boshlangan ishda ishtirok etishni rasman so‘radi.
Belgiya o‘z arizasida XS Statutining 63-moddasiga asosan ishtirok etish huquqini amalga oshirganini bildirdi. Hujjatda, genosid niyatlarini isbotlashda qiyinchiliklarni kamaytirish maqsadida Konvensiyaning kengroq talqini talab qilingan.
Belgiyaning ta’kidlashicha, harbiy amaliyotlar bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilganda sud genosid niyatini isbotlash uchun yuqori talablarni amalga oshirishi lozim.