Belgiya o‘zining qiruvchi samolyotlariga muhtojligi sabab ularni Ukrainaga yetkazib bera olmaydi, dedi Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo.
“Belgiya Ukrainani o‘z samolyotlari bilan ta’minlash imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, ular Bryusselning o‘ziga ham kerak”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
De Kroo Belgiya Ukrainaga katta harbiy yordam paketi bo‘yicha kelishib olganini ta’kidlab o‘tdi.