Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Belaruslik mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasida Kapadzega yordam beradi

Belaruslik mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasida Kapadzega yordam beradi

O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasida Temur Kapadze shtabida faoliyat olib borgan belaruslik mutaxassis Mixail Yeramchuk milliy jamoada ham bosh murabbiyga yordam beradi.

U milliy jamoamizning 16 mart kunidan boshlagan yig‘iniga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iziston milliy jamoasini qabul qilsa, 25 mart kuni safarda Eron mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 22:21 17.03.2025. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!