Litva Inqirozlarni boshqarish milliy markazi rahbari Vilmantas Vitkauskasning ma’lum qilishicha, tungi soat 02:00 lar atrofida Vilnyus aeroporti tomon jami 13 ta kontrabanda yuki ortilgan meteozond (sharsimon uchar qurilma) uchib o‘tgan. Delfi nashriga ko‘ra, parvozlar tonggi soat 06:30 da qayta tiklangan.
Cheklovlar 9 ta reys va 900 dan ortiq yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatgan. Xabar qilinishicha, Belarusdan Litvaga jami bir necha o‘nlab meteozond uchib kelgan. Ularning 5 tasi aniqlangan va taxminan 7 ming quti kontrabanda sigareta musodara qilingan.
Litva Belarus bilan chegarasida faoliyat yuritayotgan ikkala nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopib qo‘ygan.