Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Belarusda strategik ob’ektlarga uyushtirilishi rejalashtirilgan dron hujumlarining oldi olindi

Belarusda strategik ob’ektlarga uyushtirilishi rejalashtirilgan dron hujumlarining oldi olindi

Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi respublikadagi strategik ob’ektlarga hujumlar oldi olinganini ma’lum qildi. ONT telekanalining xabar berishicha, 732 kun davom etgan "Garpun" maxsus operasiyasi davomida dron zarbalarini tayyorlayotgan guruh tashkilotchisi xorijdan olib kelingan.

"KGB tashqi razvedka operasiyasining eng yuqori cho‘qqisi Pavel Belyutinning Belarusga yetkazilishi bo‘ldi", — deyiladi xabarda. Boshqa tafsilotlar keyinroq e’lon qilinishi va’da qilingan.

5 may kuni "Belarus 1" telekanali efirida KGB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Konstantin Bichek hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashni rejalashtirganlikda, jumladan, Belarus atom elektr stansiyasiga uchuvchisiz uchoq yordamida hujum uyushtirishda ayblanayotgan ikki shaxs mamlakatga yetkazilgani haqida xabar berdi. Ikkinchi olib kelinayotgan shaxs Vasiliy Grechixo ismli edi, u "Kalinovskiy polki" tashkilotidagi ishtiroki haqida gapirib, sheriklarining ismini aytdi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!