Belarus yaqin kelajakda Rossiya tarkibiga kirmaydi — Aleksandr Lukashenko.
Belarus prezidenti bu haqda Rossiya Davlat Dumasidagi chiqishida ma’lum qildi. Shu bilan birga, u kelajakda yagona parlament yaratish ehtimolini inkor etmadi.
Kecha Putin va Lukashenko Moskvadagi uchrashuv davomida maxsus hujjat imzoladi. Unga ko‘ra, Belarus va Rossiya fuqarolari har ikki mamlakatdagi mahalliy saylovlarda – saylovchi va nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.