Polsha Mudofaa vazirligi Belarus tomondan migrantlarning chegaraga hujum qilayotganiga oid navbatdagi videoni e’lon qildi.
«Polsha chegarasiga Belarus tomonidan tashkillashtirilgan hujumlar mamlakatda vaziyatni izdan chiqarish va polyaklarning xavfsizligini tahdid ostida qoldirishni maqsad qilgan. Chegarada Polsha armiyasining kuchaytirilishi sababli Rossiya va Belarusning rejasi amalga oshmay qoldi”, — deb yozgan vazirlik X (Twitter)da.