Belarus Respublikasi raqamli rubl yaratish ustida faol ish olib boryapti.
Bu haqda TASS xabar bergan. Milliy bank boshqaruvi raisi Roman Golovchenko ma’lum qilishicha, elektron pul 2026 yilning ikkinchi yarmida amaliyotga joriy etiladi.
Rasmiylar birinchi navbatda mablag‘ xavfsizligi haqida qayg‘urmoqda. Ta’kidlanganidek, davlat raqamli pul butun zanjir bo‘ylab qanday harakatlanishini kuzatish imkoniga ega bo‘lishi juda muhim.
– Keyingi yil raqamli rubl to‘liq muomalaga kiritiladi, – deydi mulozim. – Dastlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, 2027 yilga borib esa davlat idoralari va jismoniy shaxslar shunday puldan foydalanishi rejalashtirilgan.