Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Belarus muxolifati yetakchilaridan biri Varshavada G‘OYIB BO‘LDI! Telefoni Belarusda topildi

Belarus muxolifati yetakchilaridan biri Varshavada G‘OYIB BO‘LDI! Telefoni Belarusda topildi

Belarus muxolifatining Muvofiqlashtiruvchi kengashi spikeri Anjelika Melnikova Varshavada g‘oyib bo‘ldi.

"Bir haftadan beri deyarli aloqaga chiqmayotgan Anjelika Melnikovaning mobil telefoni Belarusda joylashgani ma’lum bo‘ldi", — deya xabar berdi belaruslik sobiq diplomat Pavel Latushko.

Muvofiqlashtiruvchi kengash "texnik usul" yordamida Melnikovaning telefoni 19 martdan beri Belarusda ekanligini aniqlagan.

Anjelika Melnikova oilasi bilan birga Varshavada istiqomat qilardi. U 25 martdan boshlab aloqaga chiqmay qo‘ygan.

Kiritildi: 20:43 31.03.2025. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!