Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Belarus internet 10 daqiqa ishlamagani tufayli 390 ming dollar yo‘qotdi

A A A
Belarus internet 10 daqiqa ishlamagani tufayli 390 ming dollar yo‘qotdi

Belarus iqtisodiyoti 10 daqiqada qariyb 390 ming dollarni yo‘qotdi, mamlakatda internet uzilib qoldi, dedi Kiber xavfsizlik agentligi rahbari, Davlat Dumasining Axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi ekspert kengashi a’zosi Yevgeniy Lifshis.

"Belarus iqtisodiyoti, mening taxminimcha, internetsiz 10 daqiqada qariyb 390 ming dollar yo‘qotdi", — dedi u RIA Novosti agentligiga.

Dushanba kuni Minskda yana internet uzilishlari boshlandi. Taxminan 11.00dan keyin (Toshkent vaqti bilan 13.00) 4G tarmoqlari yaxshi ishlamadi.

Avvalroq internet bilan bog‘liq muammolar Minskda kuzatilgan edi, bu holat 9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tganda boshlangan edi. 10-11 avgust kunlari respublikada internet bilan bog‘liq jiddiy uzilishlar kuzatildi va 12 avgustda u ancha yaxshi ishlay boshladi, tezkor xabar almashish va qidiruv tizimlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Respublika Aloqa va axborotlashtirish vazirligining ma’lum qilishicha, 9-dan 11-avgustgacha "Belarus operatorlarining telekommunikasiya tarmoqlari infratuzilmasi va davlat organlari hamda tashkilotlari veb-saytlariga kiberhujumlar sodir bo‘lganligi sababli" abonentlar uchun internet xizmatlari va manbalariga kirishning sezilarli cheklanishi qayd etildi.

Kiritildi: 15:30 17.08.2020. O'qildi: 1803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!