Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bekxemning 21 yoshli o‘g‘li milliarderning qiziga uylanmoqda (foto)

Bekxemning 21 yoshli o‘g‘li milliarderning qiziga uylanmoqda (foto)

Viktoriya Bekxem o‘g‘li Bruklinning to‘yiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«U aktrisa Nikola Pelts bilan hayot yo‘llarini bog‘lamoqda», deb xabar berdi xonanda Instagramdagi sahifasida.

Viktoriya kelin-kuyovga sevgi va baxt tiladi. O‘z navbatida, Nikola ham qaynonasini juda qattiq yaxshi ko‘rishini hamda o‘zini eng baxtli qiz deb bilishini yozdi.

21 yoshli Bruklinning ota-onasi o‘g‘lining tanlovidan mamnun, ular 25 yoshli Nikolani birinchi ko‘rganlaridayoq yaxshi ko‘rib qolishgan.

Nikolaning otasi - amerikalik biznesmen Nelson Pelts bo‘lib, uning boyligi 1,72 milliard dollarga baholanadi.

Bo‘lajak Bekxem xonim esa “Transformerlar” hamda “Model Beyts” kabi  filmlarida rol ijro etgan.

Bekxemning 21 yoshli o‘g‘li milliarderning qiziga uylanmoqda (foto)

 

 

Kiritildi: 21:23 12.07.2020. O'qildi: 11389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!