Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nomzod Z.Mirzayev o‘z taqdimotida infratuzilmani rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.

Aytilgan muammo va takliflardan kelib chiqib, davlatimiz rahbari 840 ta mahallada ichki yo‘llar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz ta’minoti, 396 tasida maktab, bog‘cha va poliklinikani ta’mirlash bo‘yicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qo‘ydi. Jumladan:

– Tashabbusli byudjet doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard so‘m ajratish;

– Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasining 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash;

– ichki yo‘llarni ta’mirlashga davlat byudjetidan 155 milliard so‘m, qo‘shimcha mahalliy byudjetdan 70 milliard so‘m ajratish topshirildi.

Prezidentimiz Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, transport vaziriga tegishli qaror loyihasini kiritishga ko‘rsatma berdi.

–Toshkent viloyati aholsining farzandlari, nabiralari Toshkentda o‘qiydi. Ularning yo‘lini arzon, xavfsiz va qulay qilmasak bo‘lmaydi. Xalq o‘zgarishlarni sezishi kerak. Mahkamov (izoh — transport vaziri), 1 oy ichida tegishli qaror loyihasini olib kirasan. O‘zing tepasida turasan, – dedi davlat rahbari.

Kiritildi: 14:19 22.09.2022. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!