Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Behruz Karimovdan golli uzatma, "Lugano"dan yirik g‘alaba

Behruz Karimovdan golli uzatma, "Lugano"dan yirik g‘alaba

Shveysariya chempionatining 9-turida Behruz Karimov sharafini himoya qilayotgan "Lugano" safarda "Lozanna"ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 4:0.

Uchrashuv qahramoni Delkrua bo‘ldi. U 35, 48 va 52-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, xet-trik rasmiylashtirdi. Yana bir gol "Lozanna" futbolchisi Sovning avtogoli hisobiga yozildi.

Hamyurtimiz Behruz Karimov bahsni asosiy tarkibda boshladi va faol o‘yin ko‘rsatdi. O‘zbekistonlik futbolchi "Lugano"ning uchinchi goliga assist muallifi bo‘ldi.

Karimov 72-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Lugano" 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Lozanna" esa 6 ochko bilan so‘nggi — 12-pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 23:31 20.09.2026. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!