Konklav jarayoni boshlanishi oldidan “Extra omnes” (“hammangiz tashqariga”) degan ibora yangradi — bu eshiklarning yopilishi va birinchi ovoz berish boshlanganini bildiradi.
"Yashirin ovoz berishda 70 mamlakatdan 133 kardinal ishtirok etadi. Ulardan 80 foizi marhum papa Fransiskn tomonidan tayinlangan bo‘lib, bu yangi pontifik Fransiskning siyosatini davom ettirish ehtimolini oshiradi, deb yozadi Reuters.
Rim-katolik cherkovi rahbari lavozimiga asosiy nomzodlardan biri — 70 yoshli Kardinal Pyetro Parolin bo‘lib, yaqinda Vatikan Davlat kotibi etib tayinlangan edi. Vatikanda Davlat kotibi pontifikdan keyingi eng yuqori martabali shaxs hisoblanadi. Parolin so‘nggi 250 yilda saylangan ko‘pchilik papalar kabi Italiyadan chiqqan.
Yangi pontifikni saylash uchun kardinallarning uchdan ikki qism ovozi kerak bo‘ladi. Har bir ovoz berish bosqichidan so‘ng kardinalar o‘z byulletenlarini Sikstin kapellasidagi pechda yoqib yuboradilar. Agar hech bir nomzod zaruriy ovozlarni olmasa, kapella mo‘risidan qora tutun chiqadi. Agar papa saylansa, oq tutun ko‘tariladi.