Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

BBC: Ukraina dronlari Rossiya aviabazalariga ommaviy hujum uyushtirdi

BBC: Ukraina dronlari Rossiya aviabazalariga ommaviy hujum uyushtirdi

Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) ismini oshkor etmagan manbasiga ko‘ra, yakshanba kuni amalga oshirilgan dronlar hujumi natijasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotiga, jumladan A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 rusumidagi samolyotlarga zarar yetgan. Hozircha bu ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

BBC ma’lumotlarga ko‘ra, bu maxsus operasiya “O‘rgimchak to‘ri” deb nomlangan va unga shaxsan Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk boshchilik qilgan.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Rossiyaning Ryazan viloyatidagi “Dyagilevo”, Murmansk viloyatidagi “Olenya”, Irkutsk viloyatidagi “Belaya” va Ivanovo viloyatidagi “Ivanovo” aerodromlariga Ukraina dronlari hujum uyushtirgan.

Videolardan birida voqea guvohi Olenegorsk yaqinidagi yuk mashinasidan dronlar uchib chiqqanini aytadi. Huquq-tartibot organlariga yaqin Baza Telegram-kanalining yozishicha, yuk mashinasi haydovchisi o‘lik holda topilgan.

Kiritildi: 20:21 01.06.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!