“Vajnie istorii” surishtiruvida qayd etishicha, Telegram'ning server infratuzilmasi FSBning maxfiy majmualariga xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan boshqariladi.
BBC so‘roviga javoban messenjer Telegram global kompaniya sifatida butun dunyo bo‘ylab o‘nlab turli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan shartnomalar tuzganligini, ammo ularning hech biri Telegram ma’lumotlariga yoki maxfiy infratuzilmasiga kirish huquqiga ega emasligini" ma’lum qilgan.
"Telegram'ning barcha serverlari messenjerning o‘ziga tegishli va uning o‘z xodimlari tomonidan boshqariladi", deyiladi kompaniya bayonotida.
Shuningdek, messenjer hech qachon uchinchi shaxslarga shaxsiy xabarlarni oshkor qilmaganini va uning shifrlanishi hech qachon buzilmaganini qo‘shimcha qildi.