Yangi qonunga ko‘ra, endi Rossiyada chaqiruv va tibbiy komissiyalar, shuningdek armiyada xizmat uchun professional-psixologik tanlov guruhlari faqat bahorgi va kuzgi chaqiruv davrlarida emas, balki butun yil davomida ishlaydi. Chaqiruv qog‘ozlarini tarqatish ham yil bo‘yi amalga oshiriladi.
"Shu bilan birga, chaqirilgan fuqarolarni harbiy xizmat o‘tash joylariga yuborish avvalgidek yiliga ikki marta amalga oshiriladi (1 apreldan 15 iyulgacha va 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha), deya aniqlik kiritdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
2026 yilda Rossiya Qurolli kuchlarida muddatli harbiy xizmatga 261 ming kishini chaqirish rejalashtirilgan.