Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

BBC: G‘azo sektoriga qilingan aviahujumda HAMASning yuqori martabali amaldori halok bo‘ldi

BBC: G‘azo sektoriga qilingan aviahujumda HAMASning yuqori martabali amaldori halok bo‘ldi

HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Saloh al-Bardavil G‘azo sektoridagi Xan-Yunus shahriga qilingan Isroil aviahujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda BBCga guruh vakili xabar berdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Bardavil bilan birga uning rafiqasi ham halok bo‘lgan. Reuters agentligining xabar berishicha, ular namoz o‘qiyotgan chodirga Isroil raketasi kelib tushgan.

Isroil armiyasi seshanba kuni G‘azo sektoriga kuchli hujumlarni qayta boshlagan edi. Rasmiy Tel-Aviv HAMASni 19 yanvar kuni Qatar, Misr va AQSh vositachiligida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda ayblamoqda. HAMAS esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

HAMAS nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada Isroil zarbalari oqibatida sektorning turli hududlarida 32 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

Kiritildi: 21:58 23.03.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!