Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

BBC: Fransiyada o‘ta o‘ng siyosat tarafdorlari sudning Marin Le Penga chiqargan hukmiga qarshi norozilik bildirmoqda

BBC: Fransiyada o‘ta o‘ng siyosat tarafdorlari sudning Marin Le Penga chiqargan hukmiga qarshi norozilik bildirmoqda

O‘tgan hafta sud o‘ta o‘ng “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchisi Marin Le Penni mablag‘larni noqonuniy sarflagani uchun aybdor deb topdi va davlat lavozimlarini egallash, jumladan, saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum qildi.

Bu Le Penga 2027 yilgi prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Fransiyadagi o‘ta o‘ng qarash tarafdorlari yakshanba kuni siyosatchini qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Milliy birlashuv” partiyasi o‘z yetakchisi ustidan chiqarilgan sud hukmidan so‘ng partiyaga minglab yangi a’zolar qo‘shilganini ma’lum qildi, biroq bu da’volar hozircha tasdiqlangani yo‘q.

“Fransiya xalqi, kelinglar, ozodlikni himoya qilish, demokratiyani saqlab qolish va Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilaylik!" deyiladi “Milliy birlashuv” partiyasi bayonotida.

Kiritildi: 19:20 06.04.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!