Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

BBC: Buyuk Britaniyaning Revolut banki Rossiya fuqarolarining hisoblarini bloklay boshladi

BBC: Buyuk Britaniyaning Revolut banki Rossiya fuqarolarining hisoblarini bloklay boshladi

Hisoblarning bloklanayotgani haqida rossiyalik mijozlarning o‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida uzoq muddatli viza yoki yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan rossiyaliklarga ham ta’sir qilgan. Xabar qilinishicha, bank mijozlardan hujjatlar nusxasini so‘ramoqda, bunga sabab sifatida Rossiyaning Ukrainaga bosqini tufayli Yevropa Ittifoqi tomonidan yaqinda qabul qilingan 19-sanksiyalar paketi keltirilmoqda. Shundan so‘ng, bank mijozlarga hisob yopilayotgani haqida xabar yuboradi.

"Global miqyosda tartibga solinadigan moliyaviy muassasa sifatida Revolut BMT, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa tegishli yurisdiksiyalarda amal qiladigan sankuiya qonunlari va qoidalariga rioya qilishi shart", deyiladi bank matbuot xizmati bayonotida.

Kiritildi: 17:37 02.11.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!