Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

BBC bosh direktori Trampning 2021 yildagi nutqi aks etgan video soxtalashtirilgani sababli iste’foga chiqdi

BBC bosh direktori Trampning 2021 yildagi nutqi aks etgan video soxtalashtirilgani sababli iste’foga chiqdi

BBC bosh direktori Trampning 2021 yildagi nutqi aks etgan video soxtalashtirilgani sababli iste’foga chiqdi — Daily Mail.

Nashrning xabar berishicha, BBC bosh direktori Tim Deyvi va yangiliklar bo‘limi rahbari Debora Terness BBC Panorama dasturida Trampning nutqini tahrirlash bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqishgan.

"Umuman olganda BBC yaxshi ishlamoqda. Ammo ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yildi va bosh direktor sifatida men mas’uliyatni o‘z zimmamga olishim kerak",
— deya izoh berdi Deyvi.

Avvalroq The Telegraph sobiq jurnalist Maykl Preskott tomonidan yozilgan va BBC direktorlar kengashiga yo‘llangan memorandumni chop etgandi. Preskottning ta’kidlashicha, telekompaniya Trampning 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga hujum oldidan so‘zlagan nutqini soxtalashtirgan.

Memorandumda aytilishicha, soxta videoda Tramp o‘z tarafdorlariga “Kapitoliyga borib, jang qilishni” aytayotgandek ko‘rsatilgan. Aslida esa u tarafdorlariga “tinch va vatanparvarlik ruhida borib, o‘z ovozlarini eshittirishga undash” haqida gapirgan.

2021 yil 6 yanvar kuni, Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan ikki oy o‘tgach, uning tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandi. Bu yerda saylovlarda Jo Bayden g‘alaba qozonganini tasdiqlash uchun kongress yig‘ilishi o‘tkazilishi kerak edi. O‘shanda to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi,140 nafar polisiyachi jarohatlangan.

Mazkur voqeadan so‘ng Trampga qarshi bir nechta jinoyat ishlari ochildi va u prezidentlikka saylanganidan so‘ng bu ishlar yopilgandi.

Kiritildi: 16:12 10.11.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!