Amerikaning Forbes jurnali 2024 yil uchun sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Selchuk Bayraktar Turkiyaning eng boy odamlari orasida 24-o‘rinni egalladi. Bu haqda Day.Az xabar bermoqda.
Turk kompaniyasining asoschisi va egasi Selchuk Bayraktar 1,2 milliard dollarlik boyligi bilan Forbes boylar ro‘yxatiga birinchi marta kirdi va dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 2545-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 1984 yilda Turkiya avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan.
Kompaniya hozirda Bayraktar harbiy dronlarini ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan. 2023 yilda Baykar Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi qator hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar tufayli eng yirik mudofaa yetkazib beruvchiga aylandi.