Jo Bayden 2024 yilda qayta saylanishga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qilganidan so‘ng ilk bor Oval kabinetdan jonli murojaat yo‘lladi, biroq ba’zi MAGA - ("Make America Great Again") tarafdorlari bu haqiqatan ham u ekanligini so‘roq ostiga olishmoqda.
Ajablanarlisi shundaki, Trampning ba’zi ashaddiy muxlislari prezident Baydenning Oval kabinetdagi chiqishini su’niy intellektning hiyla-nayrangi deya aytishmoqda. Chunki murojaat vaqtida uning terisi to‘satdan to‘q sariq rangga aylangan.
Ta’kidlanishicha, bu 81 yoshli prezidentning sog‘lig‘i uchun tashvish uyg‘otdi, mish-mishlar studiyadagi Bayden sun’iy intellekt mahsulidir degan takliflar bilan to‘lib ketdi. Donald Tramp tarafdorlari uning nutqi paytida ekranda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan Bayden bo‘lganini da’vo qilishmoqda.
X foydalanuvchilari tomonidan «juda to‘q sariq» deb ta’riflangan Baydenning yuzi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar ko‘p vaqt o‘tmay boshlandi. Ular bu nutq «jonli»mi? Yoki u yozib olinganmi?, deya so‘rashmoqda.