AQSh prezidenti Jo Bayden to‘rt yildan kamroq vaqt ichida 532 kun ta’tilda bo‘ldi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.
Bu uning davlat rahbari sifatida o‘tkazgan 1326 kunning qariyb 40 foizini tashkil qiladi. Respublikachilar milliy qo‘mitasining hisob-kitoblariga ko‘ra, yiliga 11 ta ta’til kunini oladigan o‘rtacha amerikalik shunchalik ko‘p ta’til kunlarini to‘plash uchun taxminan 48 yil kerak bo‘ladi.
Taqqoslash uchun, AQShning sobiq yetakchilari Ronald Reygan va Barak Obama ikki prezidentlik muddatining atigi 11 foizida dam olishgan. «Amerika va dunyo yonayotgan paytda sohilda kresloga suyanib uxlab yotgan Baydenning qiyofasi uning prezidentligini belgilaydi», dedi sobiq prezident Donald Tramp davridagi Oq uy Budjet boshqarmasi bosh maslahatchisi Mark Paoletta.