Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi

Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi

AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni yozda Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda AQSh rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Bayden ukrainalik hamkasbi bilan suhbatda Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitliginiqo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Bayden shu hafta prezident sifatida ilk chet el safariga chiqadi. U Buyuk Britaniya va Belgiyaga NATO va YEI sammitlarida qatnashish uchun tashrif buyuradi. 16 iyun kuni Jenevadagi safari chog‘ida Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:27 07.06.2021. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!