AQSh prezidenti Jo Bayden velosipedda sayr qilish chog‘ida yiqilib tushdi. Jurnalistlar tarqatgan videoda AQSh prezidenti bir guruh odamlar bilan velosipedda sayr qilish chog‘ida, jurnalistlarning savoliga chalg‘igan, Bayden ularning oldida yiqilib tushdi.
Oq uy vakili Bayden qulaganidan keyin tibbiy yordamga muhtoj emasligini aytdi.
"Prezident aytganidek, velosipeddan tushayotganda uning oyoq kiyimi pedalgaga ilinib qolgan. U tibbiy yordamga muhtoj emas, uning ahvoli joyida. Prezident kunning qolgan qismini oilasi bilan o‘tkazishni intiqlik bilan kutmoqda", — deydi Spiker.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 79 yoshli prezident samolyot trappiga chiqish vaqtida yiqilib tushgan edi.