Bayden Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Ukrainani NATOga taklif qilishni e’lon qilmoqchi edi, biroq keyin bu fikrdan voz kechdi — Bloomberg
"Bayden ma’muriyati Trampning Rossiya bilan muzokaralarni davom ettirishi mumkinligidan xavotirda. Shuning uchun Kiyevni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha rasmiy taklifni e’lon qilishni ko‘rib chiqqan. Ammo Oq uy qisqa muddatda muvaffaqiyat qozonish ehtimoli pastligini hisobga olib bundan voz kechishga qaror qilgan", deb yozadi agentlik.
Shuningdek, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden hokimiyatdan ketishi arafasida Kiyevga maksimal darajada yordam ko‘rsatishga urinayotgan bo‘lsada, AQSh prezidentining imkoniyatlari cheklangan.
"AQSh ma’muriyati ixtiyorida qolgan pulning katta qismini faqat Pentagon zaxirasida bo‘lgan qurollar uchun ishlatish mumkin. Ammo bu zaxiralarni haddan tashqari qisqartirish AQShning o‘z mudofaasini xavf ostiga qo‘yadi", deyiladi maqolada.