Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Bayden ma’muriyati Ukrainaga ATACMS raketalarini Uchinchi jahon urushi qo‘rquvi tufaylimas, balki ushbu raketalarning yetishmasligi sabab avvalroq bermagan

 Bayden ma’muriyati Ukrainaga ATACMS raketalarini Uchinchi jahon urushi qo‘rquvi tufaylimas, balki ushbu raketalarning yetishmasligi sabab avvalroq bermagan

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

"Siz meni bu qarorni Uchinchi jahon urushi boshlanishidan cho‘chib qabul qilmaganlikda ayblamoqchisiz, ammo men hech qachon ATACMS masalasida bunday fikr bildirmaganman", — dedi u.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, dastlab bu ATACMS raketalarini yetkazib bermaslik qarori Pentagon va AQSh Qurolli kuchlarining bevosita tavsiyasiga asoslangan.

"AQSh Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlari prezident Baydenga bu raketalardan o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun ham yetarlicha mavjud emasligini ma’lum qilgandi. Shuning uchun ular ATACMS raketalarini boshqa davlatga bermaslikni tavsiya qilgandi", – deya izoh berdi Sallivan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan Qo‘shma Shtatlar ATACMS raketalarini ko‘proq ishlab chiqargan va keyin ularni Ukrainaga topshirish imkoniga ega bo‘lgan.

Shu bilan birga, Jeyk Sallivan Kiyevga raketalar tezda berilmaganining ikkinchi sababi baribir "eskalasiyani oldini olish masalasi" bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

"Biz turli qarorlar qabul qilib, Ukrainaga kerakli qurollarni berish va shu bilan birga vaziyatning og‘irlashishining oldini olish uchun xavf darajasini baholadik", – dedi Sallivan.

Kiritildi: 19:25 17.04.2025. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!