AQSh prezidenti Jo Bayden 13 yanvar kuni Davlat departamentida o‘z ma’muriyati yuritgan tashqi siyosat haqida so‘nggi marta bayonot berdi.
Baydenning bayonotidan asosiy iqtiboslar:
◾️ AQSh global raqobatda g‘olib kelmoqda, Amerika hozir to‘rt yil oldingiga qaraganda kuchliroq, bizning ittifoqlarimiz ancha mustahkam;
◾️ Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng dinamik iqtisodiyotga ega, biz iqtisodiy qudratimizni oshirdik;
◾️ Prezidentligim davrida Amerikani barcha sohalarda kuchaytirdim;
◾️ AQSh har qachongidan ham qudratli;
◾️ Putin uch kunda Kiyevni bosib olaman, deb o‘ylagandi, lekin Kiyev markazida men bo‘ldim, u emas;
◾️ Bugun amerikaliklarga shuni aytishim mumkinki, bizning raqiblarimiz to‘rt yil oldingiga qaraganda zaifroq;
◾️ Putin hali ham Ukrainani bo‘ysundira olmadi, NATO birligini buzolmadi va sezilarli hududiy yutuqlarga erisha olmadi;
◾️ Rossiya rubli kuchli bosim ostida;
◾️ Putin bosqinni boshlaganda, men o‘z oldimga ikkita maqsad qo‘ydim: Ukrainaga yordam berish uchun dunyoni birlashtirish va yadroviy qurolga ega davlatlar o‘rtasida urushga yo‘l qo‘ymaslik;
◾️ AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainaga yordam berishdan voz kecha olmaydi, deb hisoblayman;
◾️ AQShning Kiyevga ko‘rsatgan yordami Rossiya bilan yadro to‘qnashuvini keltirib chiqarish xavfini tug‘dirganini tan olaman;
◾️ Bugun Ukraina hali ham erkin, mustaqil davlat bo‘lib qolmoqda va yorqin kelajak uchun salohiyatga ega, buni alohida ta’kidlash kerak;
◾️ So‘nggi to‘rt yil ichida Rossiya yanada zaiflashdi, bunga ularning o‘zlari aybdor;
◾️ So‘nggi ma’lumotlar va Xitoy tanlagan yo‘nalishga ko‘ra, ular bizni ortda qoldira olmaydi;
◾️ Men afg‘on urushini vorisga topshirmaganman so‘nggi o‘n yilliklardagi birinchi prezidentman.