Bu haqda AQSh senatori Josh Xouli mamlakat rahbariyatini qo‘riqlashni ta’minlovchi Maxfiy xizmat axborotchisining ma’lumotlariga asoslanib ta’kidlamoqda.
"U (Maxfiy xizmat xodimi) menga Bayden Oq uyda ertalab shahsiy kiyim xonasida adashib qolganini aytdi. U Oq uyda sarson-sargardon yurib, o‘z kiyim xonasidan chiqish yo‘lini topa olmayapti", dedi senator Fox News telekanali efirida.
Xouli yana shuni qo‘shimcha qildiki, u Baydenning hokimiyatda bo‘lgan davridagi ahvoli haqida oshkor bo‘lgan bu ma’lumotni "g‘azablantiruvchi" deb hisoblamoqda.