AQSh prezidenti Jo Bayden G‘azo sektori Falastin ma’muriyati nazorati ostida bo‘lishi kerakligini aytdi.
"Biz tinchlikka intilayotgan ekanmiz, G‘azo va G‘arbiy Sohil yagona boshqaruv tuzilmasi ostida birlashishi kerak, oxir oqibat tiklangan Falastin ma’muriyati boshchiligida, biz hammamiz ikki davlat yechimi yo‘lida ishlaymiz”, — deyiladi Baydenning TheThe Washington Post nashriga bergan intervyusida.
AQSh rahbarining ta’kidlashicha, falastinliklar G‘azodan majburan ko‘chirilmasligi, qayta ishg‘ol, qamal, blokada yoki hududni qisqartirish bo‘lmasligi kerak.
Prezident G‘arbiy Sohilda tinch aholiga hujum qilgan ekstremistlarga Qo‘shma Shtatlar vizani taqiqlashga tayyorligini ta’kidladi.
Bayden, Isroil rahbarlariga murojaat qilib, G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zo‘ravonliklarni to‘xtatish va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.
Ayni paytda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning “Ular G‘azo sektori ustidan to‘liq xavfsizlik nazoratini saqlab qolish niyatida” degan so‘zlari reaksiyalarga sabab bo‘ldi.