O‘sha kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Oval kabinetda prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Donald Trampni qabul qiladi, deb xabar berdi Oq uy.
"Siyosatchilar o‘rtasidagi muloqot AQShda an’anaviy format bo‘yicha davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Biroq, Tramp 2020 yilda, o‘sha saylovda mag‘lub bo‘lganida Baydenni bunday muloqotga taklif qilmagan", deb yozadi AP.
Avvalroq Bayden hokimiyatni Trampga tinch yo‘l bilan o‘tkazilishini ta’minlashga va’da bergan edi.
"Men prezident sifatida o‘z burchimni bajaraman. Qasamyodimga amal qilaman va Konstitusiyani himoya qilaman. 20 yanvar kuni bu Amerikada hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘tkaziladi", —degan edi Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti 7 noyabrdagi xalqqa murojaatida.