Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga hamdardlik bildirdi

Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga hamdardlik bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi. Uchrashuvda vazir elchiga ravvin Svi Koganning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

«O‘zbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. Biz millatchilikning hech qanday ko‘rinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yo‘q», — deya qayd etdi Baxtiyor Saidov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni Dubay shahrida Moldova va Isroil fuqaroligiga ega bo‘lgan ravvin Svi Kogan yo‘qolib qolgan va yakshanba kuni o‘lik holida topilgan edi. BAA huquqni muhofaza qiluvchi organlari mazkur jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib, 3 nafar o‘zbekistonlik qamoqqa olinganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!