"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala chap oyog‘ining kichik boldir suyagini sindirib, bir nechta paylariga shikast yetkazdi, deb yozadi Bild.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli nemis 4-5 oyni o‘tkazib yuboradi va bu yil maydonga tushmasligi mumkin.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining "PSJ"ga (0:2) qarshi o‘yinining 45+4-daqiqasida Musiala darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashuvda jiddiy jarohat oldi. O‘yin translyasiyasiga Myunxen klubi futbolchisining oyog‘i g‘ayritabiiy tarzda qayrilgani tasvirlangan.