Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Bashar Asad ag‘darilishidan oldin Suriyadan kamida 500 ming dollar naqd pul va maxfiy hujjatlarni olib chiqib ketgan

Bashar Asad ag‘darilishidan oldin Suriyadan kamida 500 ming dollar naqd pul va maxfiy hujjatlarni olib chiqib ketgan

Bashar Asad ag‘darilishidan oldin Suriyadan kamida 500 ming dollar naqd pul va maxfiy hujjatlarni olib chiqib ketgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlikning o‘nlab manbalarga tayanib xabar berishicha, Asad pul, shuningdek, maxfiy ma’lumotlar saqlangan noutbuklar va qattiq disklarni tashish uchun shaxsiy samolyotdan foydalangan.

"Ushbu operasiyani sobiq prezidentning bosh iqtisodiy maslahatchisi Yasar Ibrohim boshqargan. U Embraer Legacy 600 shaxsiy samolyotini ijaraga olib, Asadning qimmatbaho mulklari (shu jumladan rasmlar va haykallar), qarindoshlari va yordamchilarini BAAga olib o‘tishni tashkil qilgan", deya ma’lum qildi Reuters.

Agentlikning yozishicha, Embraer Legacy 600 Asad rejimi qulashidan 48 soat oldin Suriya va BAA o‘rtasida to‘rt marta parvoz qilgan. So‘nggi parvoz 8 dekabr kuni Latakiya shahri yaqinidagi Rossiyaning Hmeymim harbiy aviabazasidan amalga oshirilgan. Bashar Asad o‘sha kuni aynan shu bazadan Rossiyaga qochgan edi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, qattiq disklar Asad boyligining asosi bo‘lgan telekommunikasiya, bank ishi, ko‘chmas mulk, energetika va boshqa sohalarni qamrab olgan murakkab kompaniyalar tarmog‘i haqida muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Kiritildi: 16:28 17.04.2025. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!