Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Barselona" yulduzi jamoada eng ko‘p maosh olishni istamoqda

"Barselona" yulduzi jamoada eng ko‘p maosh olishni istamoqda

"Barselona" vingeri Rafinya kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yangi kelishuv doirasida maoshini ikki barobarga oshirishni so‘ragan. Shu tariqa, u jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchi maqomiga ega bo‘lishni xohlamoqda.

Ayni paytda "Barselona" rahbariyatining bu talabga munosabati qanday bo‘lishi hozircha ochiqlanmagan.

29 yoshli Rafinyaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar kuchda. Futbolchining transfer bozoridagi qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

Braziliyalik vinger joriy mavsum La Ligada juda samarali o‘yin namoyish etmoqda. U 6 ta uchrashuvda 9 ta gol urish bilan birga, 3 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!