Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

«Barselona» yarim himoyachisi pul ishlash uchun Saudiyaga ketmoqchi

«Barselona» yarim himoyachisi pul ishlash uchun Saudiyaga ketmoqchi

«Barselona» tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

«Diario AS» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi ko‘proq mablag‘ ishlab olish maqsadida Saudiya klublaridan biriga o‘tishga qarshi emas. Uning rejasiga ko‘ra, ma’lum vaqt Saudiya Arabistonida to‘p surib, so‘ngra yana Yevropaga qaytish hisoblanadi.

Mark Kasado «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali Kasadoning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:45 12.02.2026. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!