Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Japarov Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudiga murojaat yo‘lladi

Japarov Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudiga murojaat yo‘lladi

Murojaat yangi prezidentlik saylovi o‘tkazilishi masalasi bo‘yicha yo‘llandi.

Qirg‘iziston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga prezident Sadir Japarovning amaldagi davlat rahbarining vakolatlarini amalga oshirish muddatlari va navbatdagi yoki muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarini tayinlash tartibiga oid Konstitusiya normalariga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi taqdimnomasi kelib tushdi. Bu haqda Konstitusion sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, murojaat qilish zarurati ijtimoiy-siyosiy makonda va ekspertlar muhitida konstitusiyaviy qoidalarni talqin qilish bo‘yicha mutlaqo qarama-qarshi pozisiyalar shakllangani bilan bog‘liq.

Gap 2010 yilgi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiq saylangan prezident vakolatlari muddatining boshlanish vaqti va davomiyligini, shuningdek, navbatdagi yoki muddatidan ilgari saylovlarni o‘tkazishni tartibga soluvchi normalar haqida bormoqda.

Taqdimnomada 2021 yil 11 apreldagi referendumda qabul qilingan “Qirg‘iziston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning qoidalari, bir qator ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2010 yil 27 iyundagi tahrirdagi Konstitusiya normalari bilan birgalikda qo‘llanilganda noaniq talqin qilinishiga yo‘l qo‘yishi va ziddiyatlarni keltirib chiqarishi ko‘rsatilgan.

Taqdimnoma Konstitusiyaviy sud tomonidan 17 fevral kuni ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!