Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Xorijlik fuqarolar O‘zbekistonda quroldan foydalanmoqda (video)

Xorijlik fuqarolar O‘zbekistonda quroldan foydalanmoqda (video)

Mazkur holat, Toshkent viloyati IIBB tomonidan tezkor o‘rganilib, videoda ko‘rinish bergan barcha shaxslarga aniqlik kiritilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni, fuqaro YA.YU. o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli (o‘rnatilgan tartibdagi ruxsatnomasi mavjud)ni, Toshkent viloyati hududida tanishi (Q.X.)ga foydalanish uchun (qonunga xilof ravishda) berganligi aniqlangan.

Qurolni qo‘llash jarayonida biror inson yoki hayvonlarga zarar yetmagan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 220-moddasi bilan xujjatlar rasmiylashtirilib, ov quroli va o‘q-dorilari belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi.

Olib borilayotgan tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanib, qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!