Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" Yamal bilan qachon yangi shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

A A A
"Barselona" Yamal bilan qachon yangi shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Kataloniyaning “Barselona” klubi qanot hujumchisi Lamin Yamal bilan shartnomani qachon uzaytirishi ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "blaugrana" yosh iqtidor egasi bilan shartnoma uzaytirilganini 2 oktyabr kuni e’lon qiladi.

"Barselona" allaqachon ushbu sana uchun muxlislar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan rasmiy tadbirni rejalashtirgan. Prezident Joan Laporta an’anaga ko‘ra marosimda ishtirok etadi va Yamal bilan shartnomaning yangilanishiga izoh beradi.

Lamin Ispaniya chempionatida 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan yozda futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirgandi.

Kiritildi: 14:37 29.09.2023. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!