«Barselona» Vinisiusning atigi 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilinganidan norozi.
«Real» vingeri La Liga 12-turi doirasidagi «Valensiya» (2:1) bilan bahsda raqib darvozaboni Stole Dmitriyevskini orqadan turtib yuborgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Bellashuvda braziliyalikka qizil kartochka ko‘rsatilgandi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, «Barselona» Vinisiusga berilgan jazo darajasidan norozi bo‘lgan va buni 2022 yilning noyabrida «Osasuna» bilan o‘yinda qizil kartochka olgan Robert Levandovskining diskvalifikasiyasi bilan parallel keltirgan. O‘shanda polshalik forvard 3 uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi, u maydonni tark etayotib kinoyali imo-ishora bilan qo‘lini burniga teggizgan va bu harakatni hakam Xil Mansano hurmatsizlik belgisi sifatida baholagandi.
«Barselona» Levandovskining noaniq ishorasi qanday qilib Vinisiusning tajovuzkor xatti-harakatidan ko‘ra qattiqroq jazolanganini tushunmayapti. Klub Viniga nisbatan juda yumshoq munosabatda bo‘lgan deb hisoblaydi. Kataloniyaliklarning fikricha, bunday qarorlar turli jamoalar futbolchilariga nisbatan tengsiz munosabat hissini yuzaga keltiradi.
Klub vise-prezidenti Yelena Fort ushbu vaziyatni quyidagicha izohladi: «Bu «Barselona» har kuni nimalarga duch kelishini ko‘rsatadi. Bu Hansi Flikning 4 o‘yinga chetlatilishi bilan solishtirganda nomutanosibdir».