Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» o‘z maydonida «Atletiko»ni taslim qildi (VIDEO)

«Barselona» o‘z maydonida «Atletiko»ni taslim qildi (VIDEO)

Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi bahsda "Barselona" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Madrid jamoasi hujumchisi Alexandro Baena hisobni ochdi. Kataloniyaliklar birinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni tenglashtirishdi - Rafinya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 36-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, biroq Robert Levandovski penaltidan unumli foydalana olmadi. Tanaffusdan so‘ng Dani Olmo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Ferran Torres yakuniy hisobni o‘rnatdi.

"Barselona" ochkolarini 37taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda. "Atletiko" 31 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

La Liga. 19-tur

3 dekabr, 01:00

Barselona - Atletiko - 3:1

Gollar: Baena, 19 (0:1). Rafinya, 26 (1:1). Olmo, 65 (2:1). Torres, 90 (3:1)

Foydalanilmagan penalti: Levandovski, 36’

Barselona: X. Garsiya, Balde, Martin, Kubarsi, Kunde, Pedri (Fernandes, 74), E. Garsiya, Rafinya (Kasado, 74), Olmo (Torres, 67), Yamal (Kristensen, 88), Levandovski (Reshford, 66)

Atletiko: Oblak, Gansko, Langle, Ximenes, Molina, Barrios, Kardozo (Koke, 14, Grizmann, 75), Gonsales (Gallaxer, 46), Baena (Almada, 62), Simeone (Serlot, 63), Alvares

Ogohlantirishlar: Martin, 45 - Baena, 41

Kiritildi: Bugun 04:24. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!