«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik «Oltin to‘p»ni Lamin Yamalga bergan bo‘lishini aytdi.
«U mening futbolchim va «Oltin to‘p»ga loyiq. Men uni ajoyib futbolchi deb hisoblayman. Biz buni har bir o‘yinda ko‘ryapmiz. U bu sovringa munosib.
Rafinya «Feyenoord»ga qarshi juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. U va Pedri ham «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida bo‘lishi kerak. Ammo bu biz o‘zgartira oladigan narsa emas», — dedi Flik.