Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Barselona" ustozi "Real" bilan 9 ochkolik farq haqdi: "Bayram qilishga hali erta"

"Barselona" ustozi "Real" bilan  9 ochkolik farq haqdi: "Bayram qilishga hali erta"

Shanba kuni «Barselona» «Espanyol» ustidan g‘alaba qozondi (4:1) va La Liga turnir jadvalida Madridning «Real» klubi bilan o‘rtadagi farqni to‘qqiz ochkogacha oshirdi.

«Ko‘k-anorranglilar» derbida zafar quchib, bir kun avval «Jirona» bilan ochko bo‘lishgan (1:1) «qaymoqranglilar»ning xatosidan unumli foydalanishdi. Xans-Diter Flik shogirdlari chempionat yakuniga yetti tur qolganida madridliklardan to‘qqiz ochkoga o‘zib ketdi.

«To‘qqiz ochkolik farq — bu ajoyib, lekin hozircha bayram qilishga erta. Vazifa bajarildi deb ayta olmaymiz. Men jamoada xotirjamlikka yo‘l qo‘yilganini ko‘tarmayman. Jamoa ruhiy jihatdan qanchalik mustahkam ekanligini ko‘rsatdi va shu ruhda davom etishimiz kerak. Biz loyiq bo‘lgan vaziyatdamiz va ijobiy fikrlayapmiz», — dedi kataloniyaliklar ustozi matbuot anjumanida.

Seshanba kuni «Barsa» Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvida «Atletiko»ga qarshi bahs olib boradi va ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi.

Kiritildi: 09:25 12.04.2026. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!