"Barselona"ning ikki futbolchisi Dani Olmo va Pau Viktor jamoaning joriy mavsum La Liga qaydnomasidan chetlatilmaydi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, sud "Barselona" futbolchilari foydasiga qaror chiqargan. Rasmiy bayonot tez orada e’lon qilinishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq La Liga rahbariyati "Barselona"ning stadiondagi VIP-o‘rinlar sotuvini rasmiylashtirishda yo‘l qo‘ygan xatolarini ro‘kach qilib, Olmo va Viktorni qaydnomadan chiqarmoqchi edi.