«Barselona» sobiq prezidenti Jozep Mariya Bartomeuning faoliyatiga oid tekshiruv va moliyaviy audit xulosalari 1 fevral sanasida ommaga ochiqlanadi.
Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Avvalgi prezident va uning boshqaruv davridagi ishlar yuzasidan amalga oshirilgan tekshiruv va moliyaviy audit xulosalari seshanba, 1 fevral kuni ommaga taqdim etiladi.
Ushbu hujjatlar allaqachon Barselona shahri bosh prokuraturasiga taqdim qilingan», — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Bartomeu «ko‘k-anorranglilar»ni 2014—2020 yillar mobaynida boshqargan va prezidentlikdan ketishi bilan uning faoliyatidagi qoidabuzarliklar yuzasidan tergov ishlari boshlanib ketgan edi.