Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» prezidentidan zudlik bilan iste’foga chiqishni talab qilishmoqda

«Barselona» prezidentidan zudlik bilan iste’foga chiqishni talab qilishmoqda

«Barselona» rahbariyati tarkibidagi oppozision guruhlar prezident Joan Laporta va uning direktorlar kengashini zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi. Tegishli bayonot klub bilan bog‘liq 10 ta guruh, platformalar va uyushmalar tomonidan e’lon qilindi.

Bu talabning boshida klub prezidentligiga nomzodlar — Viktor Font va Joan Kamprubi turibdi. Agar Laporta ularning talablarini qabul qilishdan bosh tortsa, muxolifat prezidentga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilishi mumkin.

Bunday qarorning asosiy sabablaridan biri — klubning yarimhimoyachi Dani Olmo va hujumchi Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaganidir.

Kiritildi: 18:30 05.01.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!